Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 smartfonlari alangalanishini o‘rganishni yakunladi. Qurilmalarni qaytarib olishga sabab bo‘lgan muammo sifatida akkumulyatorlarni loyihalash va qurilmani yig‘ish texnologik jarayonidagi nosozliklar ko‘rsatildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
“200 mingdan ortiq qurilma va 30 ming akkumulyator tekshirib ko‘rildi. Galaxy Note 7 apparat va dasturiy qismi, yig‘ish, sifat nazorati va savdo nuqtalariga yetkazish jarayoni sinchiklab ko‘rib chiqildi”, — deya ma’lum qildi kompaniya vakili.
Samsung mutasaddilari nosozlik uchun aybini tan oldi va qurilmalar sifati nazorati borasida yangi talablar joriy etilganini bildirdi.
Mavzuga doir: Samsung Galaxy Note 7 ishlab chiqarishni to‘xtatish tufayli 19 milliard dollar yo‘qotishi mumkin
Izoh (0)