“Manchester Yunayted” — “Liverpul” 1:1
O‘yinning qo‘shimcha daqiqalari davom etayotgan bir paytda Roberto Firmino Ander Erreraga nisbatan qo‘pol o‘ynadi. Bechora to‘rtinchi hakam special one va special normal o‘rtasida qolib ketdi.https://twitter.com/JaapStamTheMan/status/820691502368223232
Klopp meni hakamdan “Liverpul” futbolchisini chetlatishni so‘ramoqda deb o‘yladi. Menda esa bunday fikr yo‘q edi. Men hammasidan qoniqish hosil qilayotgandim.O‘yin ajoyib ruhda o‘tdi va barcha futbolchilar o‘zini professionallarcha tutdi. Hakam esa o‘z ishini yaxshi bajardi. Bu bellashuv Premyer-ligani dunyoga yanada mashhur qiladigan holatda kechdi.
Joze Mourinyo, “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi
Mourinyo Firmino uchun hech bo‘lmaganda sariq kartochka istagandi. Roberto boshidan to oyog‘iga qadar futbolchi bo‘lib tug‘ilgan, u o‘yinni davom ettirishni istadi. Aksincha, Errera sariq kartochkaga munosib edi.Oxir-oqibat sariq kartochka futbol o‘ynashni istayotgan yigitga ko‘rsatildi. Biz esa Mourinyo bilan bu borada yakdil fikrga kela olmadik.
Zlatan Ibrahimovich
Uchrashuv qahramoni sifatida aynan shved futbolchisini ko‘rsatish o‘rinli. Chunki u “Yunayted”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.Oddiy vaziyatlarda xatolar qildik. Tanaffusdan keyin esa nisbatan yaxshiroq ko‘rindik. Raqib kuchli pressing uyushtirayotgandi.Oradagi farqni kamaytirish uchun o‘ynadik, yakunda esa 1:1 hisobi qayd etildi. 15-16 ta uchrashuvdan buyon mag‘lub bo‘lmaymiz, shu tempda davom etmoqchimiz.
Zlatan Ibrahimovich, “Manchester Yunayted” a’zosi
Yurgen Klopp tashrifidan keyin “Liverpul” kuchli oltilik klublariga qarshi 7 ta safar o‘yinida ishtirok etdi va birortasida ham imkoniyatni boy bermadi. Klopp safarda “Tottenhem”ni 2 marta, “Yunayted”ni 1 marta yenga olmadi. “Arsenal” va “Siti” darvozasiga safarda 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. “Chelsi” maydonida esa har ikki safar ham muvaffaqiyat qozondi.
“Yunayted” va “Liverpul” mavsumdagi har ikki o‘yinda ham g‘olibni aniqlay olmadi. Bunday holat 1988-yildan buyon kuzatilmayotgandi. 1:1 va 3:3 hisobidagi duranglar qayd etilgan o‘sha mavsum “Liverpul” raqibini 9 ochkolik farq bilan ortda qoldirgan va chempion bo‘lgan. 29 yildan keyin ham o‘sha holat yana takrorlanishga yaqin.
20 yildan buyon birinchi marta 6 klub mavsum boshidan buyon chempionlik uchun kurash olib boradi. Hali hech kim bu poygadan tushib qolmadi. Muhimi barqarorlikni ushlash, sovuqqon bo‘lish. Oldinda katta o‘yinlar bor.Arsen Venger, “Arsenal” bosh murabbiyi
Venger qo‘li ostidagi Mesut O‘zil Germaniyada beshinchi bor yil futbolchisi deb topildi. Bu so‘nggi 6 yilda beshinchi bor kuzatildi. 2014-yil O‘zil yetakchilikni Toni Kroosga boy berib qo‘ygandi. Bu safar aynan uni 21 foizlik farq bilan ortda qoldirdi.
“Everton” — “Manchester Siti” 4:0
Bechora Gvardiola. Angliyada qiynalib qoldi. Bunga qadar Ispaniya va Germaniyada faoliyat olib borgan murabbiy ichki chempionatlarda 0:4 hisobida yengilmagandi. “Siti” esa shunga majbur bo‘ldi.Gvardiola jamoalaridan “Bavariya” “Real”ga, “Siti” esa “Barselona”ga 0:4 hisobida imkoniyatni boy bergan. Biroq ular chempionlar ligasi doirasida edi.
Va Gvardiola bir mavsumning o‘zida ikki bor 4 ta gol farqi bilan mag‘lub bo‘lmagandi. Endi uning peshonasida shu ham bor.
Birinchi bo‘lim gol urish uchun qator imkoniyatlarimiz bor edi, yo‘qqa chiqardik. Raqib esa 1 ta hujum qilib, 1 ta gol urdi.“Siti” darvozaboni Klaudi Bravo “Everton”ga qarshi uchrashuvda o‘z darvozasiga to‘g‘ri tepilgan hamma zarbani o‘tkazib yubordi. Birortasini ham qaytara olmadi. Chililik 33 yoshli posbon “Siti” libosini kiyganidan buyon 22 ta uchrashuvda ishtirok etib, 14 ta gol o‘tkazib ulgurdi.Bu futbol. Unda gol urish uchun doim ham katta ish qilish shart emas. Raqib darvozamiz oldiga bir marta kelib ham, gol urib ketmoqda. Bu hol birgina shu o‘yinda emas, butun mavsum davomida takrorlanmoqda.
Biz bundan yaxshiroq o‘ynay olamiz. Bugungi natija esa futbolchilarim uchun shunchaki dahshat.
Ademola Lukman
Kimlardir Luqmon deb o‘qishi mumkin bo‘lgan 19 yoshli hujumchi “Everton” safida debyut qildi va shu uchrashuvda “Siti”dek klub darvozasiga yo‘l topdi. Mavsum boshida “Everton” uni qo‘lga kiritish uchun “Charlton” hisob raqamiga 10 million funt o‘tkazib bergandi.
Leonid Slutskiy
The Sun nashrining xabar berishicha, Moskvaning “SSKA” klubini 7 yil davomida boshqargan Leonid Slutskiy faoliyatini “Chelsi”da davom ettiradi. Aynan qanday lavozimda ekani aniq emas.Roman Abramovich bilan yaxshi tanish bo‘lgan rossiyalik mutaxassis “Lester” — “Chelsi” uchrashuvini stadiondan tomosha qilgan. Odatda shunday, klub xo‘jayini qayerdan bo‘lsa, unga yaqin futbolchi yoki murabbiylarga o‘sha klub eshiklari ochiladi. Yuriy Jirkov, Aleksey Smertin kabi futbolchilar nima sababdan Londonga kelgani hammaga tushunarli. Bu ro‘yxatga Andrey Shevchenkoni qo‘shish biroz noto‘g‘ri, biroq tarixan olib qaraganda qandaydir xulosaga kelsa bo‘ladi.
“Lester”ga qarshi o‘yinda Diyego Kosta ishtirok etmadi. Xitoy klubidan tushgan fantastik taklif uni shu qadar o‘ylantirib qo‘ydiki, 3 kun mashg‘ulotga ham kela olmadi. Kelgan kunida esa Antonio Konte bilan jiqqilashib qoldi.
Konte usiz ham yaxshi jamoa qila olishini “Lester”ga qarshi o‘yinda ko‘rsatdi va safarda 3 ta gol farqi bilan zafar quchdi. Qiziq tomoni, aynan ispaniyalik futbolchilar o‘yin taqdirini hal qildi. Mazkur holat mashhur Omar Momanining e’tiboridan chetda qolib ketmadi.
Izoh (0)