Salford universiteti olimlari futbol bo‘yicha Angliya Premyer-ligasi (APL) 2016/17-yilgi mavsum yakunlarini bilish uchun superkompyuterga murojaat qildi, deb xabar berdi “Sports.ru”.
SAM (Sports Analytics Machine) superkompyuteri APLning qolgan barcha o‘yinlarini hisoblab chiqdi va Londonning “Chelsi” jamoasi boshqa jamoalardan o‘zib ketib, 7 ochkolik farq bilan chempion bo‘lishini taxmin qildi.
Superkompyuterning hisob-kitobi bo‘yicha, chempionlik poygasida “Tottenhem” ikkinchi bo‘ladi, “Liverpul” va “Manchester Siti” esa bir xil ochko jamg‘aradi.
Londonning yana bir jamoasi — “Arsenal” 1995/96-yilgi mavsumdan buyon ilk bor 5-o‘ringa tushsa, “Manchester Yunayted” chempionatni oltinchi o‘rinda tugatadi.
SAM bashorat qilgan APLning yakuniy to‘liq jadvali quyidagicha:
Eslatib o‘tish joiz, Angliyada 20-tur o‘yinlari yakuniga ko‘ra, “Chelsi” eng yaqin ta’qibchisi “Liverpul”dan 5 ochkoga ilgarilab ketib, peshqadam bo‘lib turgan bo‘lsa, 2-o‘rindagi Yurgen Klopp shogirlarida 44 ochko mavjud.
“Tottenhem” va “Manchester Siti” jamoalari 42 ochko bilan mos ravishda 3—4-o‘rinlarni bo‘lishib turibdi. 5-o‘rindagi “Arsenal”da 41 ochko mavjud, 6-o‘rindagi “Manchester Yunayted” esa 39 ochko jamg‘argan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)