Janubiy Koreya prokuraturasi Samsung vitse-prezidenti Li Chje Yonni hibsga olish masalasini 16-yanvar, dushanba kuni ko‘rib chiqаdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Prokuratura vakiliga ko‘ra, tergovchilar kompaniyaning boshqa rahbarlarini qamoqqa olishga order berish masalasini ham ko‘rib chiqmoqda.
13-yanvar kuni 22 soat davomida so‘roqqa tutilgan Li Chje Yon otasi, Samsung prezidenti Li Gon Xi betobligi tufayli kompaniyani amalda boshqarayotgan shaxs hisoblanadi. Tergov uni prezident Pak Kin Xening dugonasi Chxve Sun Silga tegishli kompaniyalarga katta miqdorda mablag‘ o‘tkazib berganlikda ayblamoqda.
Izoh (0)