Filippin prezidenti Rodrigo Duterte mamlakatda harbiy holat joriy etishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda u Davao shahar savdo palatasi vakillari bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Agar shunday istak bo‘lsa, narkotiklar bilan bog‘liq vaziyat xavfli tus olsa, harbiy holat joriy etiladi”, — ta’kidladi Duterte. Avval Filippin prezidenti voqealarning bunday rivojini istisno etgandi.
Ma’lumot uchun, Rodrigo Duterte o‘tgan yil 30-iyunida davlat rahbari lavozimini egallaganidan beri Filippinda boshlangan narkotiklar tarqatilishiga qarshi kurash davomida bir necha ming kishi halok bo‘ldi, 1 millionga yaqin odam qo‘lga olindi.
Izoh (0)