• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12762.53
    • RUB162.66
    • EUR14978.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Texnologiyalar

    LG kompaniyasi CES ko‘rgazmasida 2017-yilgi audioqurilmalarining keng qatorini taqdim etadi

    LG kompaniyasi 2017-yilda barcha musiqa shaydolari uchun Dolby Atmos® ovoz panelidan tortib akustika tizimlarigacha bo‘lgan ko‘plab audioyechimlarni havola etadi.

    photo_2017-01-12_15-32-11LG Electronics (LG) kompaniyasi Las-Vegasdagi Consumer Electronics Show (CES) ko‘rgazmasida audiomahsulotlarining kengaytirilgan qatorini namoyish etadi. Ular iste’molchilarning barcha toifasi — eng talabchan musiqa shaydolaridan tortib, ixchamlik va universallikni ma’qul ko‘ruvchi oddiy foydalanuvchilar talablariga mos keladi. Yangi LG audioqurilmalarida oliy toifadagi LG televizorlarining audioimkoniyatlaridan to‘liq foydalanish maqsadida barcha zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan. Shu bilan tinglovchilarning sevimli musiqalaridan rohatlanish imkoniyatlari kengaytirilgan.

    photo_2017-01-12_15-33-21Televizorlar uchun yangi talabdagi tovush panellari

    Yangi LG SJ9 tovush paneli kinoteatrda o‘tirgandek hissiyotni hosil qilish uchun Dolby Atmos® texnologiyasining barcha imkoniyatidan foydalanadi. Uning nafis dizayni har qanday interyerga o‘zgacha shukuh bag‘ishlaydi. Tinglovchining musiqa olamiga sho‘ng‘ishiga xizmat qilishi uchun tiniq tovush aks-sadosiga erishishda SJ9 paneliga o‘rnatilgan o‘ta zamonaviy dinamiklar (shu jumladan, ikkita juda kuchli tik turuvchi dinamiklar) xizmat qiladi.

    photo_2017-01-12_15-37-09

    Dolby Atmos texnologiyasi tovush fokusini 3 o‘lchamda aks ettirib, uni belgilangan hudud, xususan, tinglovchining boshi uzra yo‘naltira oladi. Bu esa kartinadagi tovushning haqiqatga yaqin bo‘lishi va his-hayajonlarga boy bo‘lishini ta’minlaydi. Tovushlar joyni belgilash uchun foydalaniladigan murakkab metama’lumotlar texnologiyasi va tinglovchining 3 o‘lchamli (3D) hududidagi ayrim tovush obyektlarining hajmi sababli mustaqil obyektlar sifatida aks etadi.

    Bu obyektlar real vaqt tartibida qayta ishlanadi va har bir ovoz aniq belgilangan joy, jumladan tinglovchining bevosita tepasida jaranglaydi.

    LG SJ9 tovush paneli, shuningdek, 4K Sound (yuqori o‘lchamdagi audioyechim) texnologiyasi bilan jihozlangan. Bu texnologiya yuqori sifatni yo‘qotmasdan audiofayllarni aks ettira oladi. Shu sababli, studiyadagi original sifatni yo‘qotmasdan musiqani tinglash mumkin bo‘ladi.

    Bundan tashqari, SJ9 panelining Sound Upconverting funksiyasi 24 bit/192 Gs darajadagi standart tovush fayllari sifatini oshiradi. Bu esa har bir trekning eng mayda nyuanslari va akslarini ham tinglashga imkon beradi. LG SJ9 tovush paneli yana 4K Pass-Through texnologiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Uning vositasida tovushning sifati tasvirga ziyon yetkazilmagan holatda dastlabki holidek saqlab qolinadi va audio-videoning sinxronlashgan qabul qilinishini ta’minlaydi.

    photo_2017-01-12_15-38-45LG, shuningdek, ko‘rgazmada yana bir nafis SJ8 tovush panelini ham namoyish etadi. Mazkur panel 38 mm qalinlikdagi ingichka korpusda yuqori sifatli tovushni aks ettiradi. TV Perfect Fit Kit funksiyasi tufayli LG kompaniyasining 2017-yildagi eng yangi televizor modellari bilan moslashib, televizorning original podstavkasini almashtira oladi. SJ8 paneli SJ9 modelining ko‘plab funksiyalariga ham ega. Bundan tashqari, Chromecast moduli yordamida tovushlarning bir maromda taralishi ta’minlanadi.

    photo_2017-01-12_15-39-59Nihoyat, LG SJ7 moduli — juda ham universal va quvvatli (320 Vt) tovush paneli bo‘lib, uning konstruksiyasi keng hajmli bo‘lgani sababli, tinglovchining xohish-istagidan kelib chiqqan holda, vertikal yoki gorizontal o‘rnatish mumkin. SJ7 panelining ikki yarmi simsiz usulda birlashtirilgani sabab ajoyib stereotovushni aks ettiradi. Ularning biri ichki akkumulyator bilan jihozlangani bois, birgina tugma vositasida uni kuchli dinamikka aylantirish mumkin. Tugma yana bir marta bosilsa, qurilma ixcham tartibga o‘tadi va undan istalgan vaqtda, har qanday joyda simsiz Bluetooth–kolonka sifatida foydalanish mumkin bo‘ladi.

    Ajoyib kechalarni o‘tkazishga mo‘ljallangan o‘ta kuchli LOUDR dinamiklari

    LG LOUDR akustika tizimlari dijeylar va ko‘ngilochar kechalarni sevuvchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan. Ularning har biri keng miqyosdagi tovush imkoniyatlariga ega bo‘lib, ajoyib bazm muhitini tashkil etishda qo‘l keladi.

    LOUDR CJ98 modeli 3500 Vt (RMS) quvvatli tovush chiqarish xususiyatiga ega bo‘lib, u yorqin klub muhitini barpo etadi. CJ98 modelining Party Thruster boshqaruv pulti di-jeyga past chastotali diapazonni alohida aks ettirish va tovush kuchi bilan yorug‘lik chiroqlarini qo‘lda boshqarish imkonini beradi. CJ98, shuningdek, boshqaruvning o‘ziga xos elementlari, davriy effektlarni aks ettirishga xizmat qiluvchi maxsus tugmalari va birgalikda foydalanish tugmalariga ega. Karaoke havaskorlariga CJ98 modelidagi vokal effektlar va Karaoke Star funksiyasi ma’qul kelishi shubhasiz. U qo‘shiqlarning vokalini pasaytirib, ijrochiga tovush ohangini o‘zgartirish imkonini beradi.

    LOUDR OJ98 modeli esa, “hammasi bittada” shaklidagi yana bir zamonaviy akustika tizimidir. Unda to‘nkarilgan surnay shaklidagi sabvufer qo‘llanilgan. Tizimning korpusi ichki qismiga joylangani kerakli tovush bosimini bera oladi. OJ98 modeli Sparkle Lighting funksiyasiga ham ega. Shu sababli, musiqa ijrosi vaqtida tizimdagi chiroqlar raqsga tushuvchi yorug‘lik taratadi. Bundan tashqari, OJ98 tizimiga Party Kick Starter funksiyasi ham kiritilgan. U katta aylanishlardagi poyga dvigateli tovushini aks ettiradi, bu o‘z navbatida, har qanday ko‘ngilochar bazmga yodda qoladigan shukuh bag‘ishlaydi. OJ98 modelining balandligi 109 santimetrni tashkil etadi. Bu Party Thruster pulti va boshqaruvning boshqa elementlarini qulaylik bilan o‘rnatish imkonini beradi.

    LG kompaniyasi CES ko‘rgazmasida bazm kechalari uchun mo‘ljallangan yana bir ixcham FJ7 tizimini ham havola qiladi. U eng yuqori mobillik talablari va 400 Vt (RMS) quvvatidagi tovushni tiniq chiqarish imkoniyatini ta’minlash e’tiborga olingan holda ishlab chiqilgan. Chunki, bu model uchun asosiysi mobillikdir. FJ7 tizimi bazm kechalari o‘tadigan istalgan joyga ko‘chirishni qulaylashtirish maqsadida maxsus tutqichlar va g‘ildiraklar bilan jihozlangan.

    — LG kompaniyasining 2017-yilgi kishini ajablantiruvchi audioqurilmalari qatori o‘zida kuchli tovush imkoniyatlari va bejirim dizaynni mujassamlashtirgan. Buni eng talabchan musiqa shaydolaridan tortib, oddiy foydalanuvchilargacha bo‘lgan barcha iste’molchilar birdek qadrlashi tabiiy, — deydi LG Home Entertainment kompaniyasining prezidenti va bosh ijrochi direktori Brayan Kvon. — Ushbu yilgi CES ko‘rgazmasida namoyish etilgan yangi audiotizimlar, LG kompaniyasining har qanday joy va vaziyatga juda munosib bo‘lgan keng qamrovli audioqurilmalarni ishlab chiqarishga bo‘lgan urinishini aks ettiradi.

    CES ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilar LG kompaniyasining eng yangi audio- va videomahsulotlarini Las Vegas Convention Center pavilyonidagi Markaziy zaldan o‘rin olgan № 11100 raqamli stendda ko‘ra olishadi. LG kompaniyasining CES ko‘rgazmasidagi barcha mahsulotlari haqida to‘liq ma’lumot olish uchun www.LGnewsroom.com saytiga tashrif buyurishingiz mumkin.

    Reklama huquqi asosida

    12.01.2017, 16:57   Izoh (0)   5621
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Eski MacBook Pro egalari o‘z qurilmalari ichidan tanga topmoqda (video)

    12.01.2017, 12:10

    150 million foydalanuvchisi bo‘lgan Instagram Stories’da reklama joylashtirilishi ma’lum qilindi

    12.01.2017, 11:04

    Facebook soxta xabarlarga qarshi kurashish va sifatli yangiliklarni yaratish uchun “Jurnalistika” loyihasini ishga tushirdi

    12.01.2017, 09:15

    “Xabbl” fizika qonunlariga zid bo‘lgan qora tuynukni suratga oldi

    11.01.2017, 11:06

    iPhone’lar paydo bo‘lgunicha qanday yashaganmiz? Gif-suratlar orqali tushuntiramiz

    10.01.2017, 14:04

    Verizon bilan oldi-sotdi yakunlangach, Yahoo! o‘z nomini o‘zgartiradi

    10.01.2017, 11:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Menni Pakyao professional faoliyatini davom ettirishga tayyor ekanligini ma’lum qildi

    Sport | 24 iyul, 11:05

    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi

    Reklama | 24 iyul, 10:30

    Instagram: Nikohdan o‘tgan Dilnoz Hakimova, singlisi bilan 12 yil deganda uchrashgan Lola, Shahzoda Muhammedova oilasida judolik

    Madaniyat | 24 iyul, 11:00

    Shavkat Mirziyoyev 68 yoshni qarshi oldi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 10:47

    “Tehron Isroil bilan urushga tayyor, yadro dasturi to‘xtatilmaydi” — Eron prezidenti (video)

    Dunyo | 24 iyul, 10:40

    So‘nggi 10 yil ichida eng ko‘p tomosha qilingan turk romantik komediyalari va melodramalari

    Kino | 24 iyul, 10:35

    Toshkentdagi bankda o‘yinchoq to‘pponcha bilan bosqinchilik qilgan erkak jazolandi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 10:05

    Rasman. Bahodir Jalolovning AQSHdagi jangi bekor bo‘ldi

    Sport | 24 iyul, 10:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.