Bu oddiy makiyaj ko‘zlaringizni kattaroq, boqishlaringizni ochiq va ifodali qilib ko‘rsatishga yordam beradi.
Makiyajni boshlashdan oldin ko‘zingiz atrofiga maxsus namlovchi krem suring.
Ko‘z atrofidagi qoramtir dog‘lar ko‘rinmasligi uchun albatta konsilerdan foydalaning. Uni ko‘z atrofiga qovog‘ingiz bo‘ylab surib chiqing.
Xaylayter nafaqat ko‘z atrofidagi qora dog‘larni yashirishga, balki qosh chiziqlarini aniqroq va ko‘zni kattaroq qilib ko‘rsatishga ham yordam beradi.
Och rangdagi tenlarni tanlang. Och rangli (pushti, shaftoli rang, qum rang) tenlar tabiiy ko‘z chiziqlarini kengaytirib ko‘rsatishga yordam beradi.
Ko‘zlarni bo‘yash uchun och rangdagi (oq emas) qalam tanlang. Och sariq rangli qalam bilan kipriklar tagini chizib chiqsangiz ko‘zingiz kattaroq ko‘rinadi.
Qora podvodkani ko‘kka almashtiring. Havorang, moviy, ko‘m-ko‘k rangdagi podvodka va qalamlardan foydalanib ko‘rsangiz, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Izoh (0)