• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Hurmatsizlik ortidan hurmatsizlik tug‘iladi, zo‘ravonlik yangi zo‘ravonlikka olib keladi”. Aktrisa Meril Stripning “Oltin globus” taqdimotidagi nutqi

    Gollivudda 8-yanvar kuni “Oltin globus” mukofotining 74-taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Marosimda eng hissiyotga to‘la va eng kuchli nutq bilan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun Sesilya B. De Mill nomidagi faxriy “Oltin globus” bilan mukofotlangan Meril Strip chiqish qildi. Aktrisa jamiyatda erkin matbuotning o‘rni, diskriminatsiya va Gollivuddagi etnik xilma-xillik, shuningdek, qo‘lida hokimiyat jamlangan kishilarning tahqirlovchi harakatlari haqida so‘zladi. Meril Stripning tanqidiga uchraganlar orasida, jumladan, AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp ham bor. Uch karra “Oskar” mukofoti sohibi, zamonamizning eng buyuk aktrisalaridan biri Meril Stripning nutqi matni Meduza’da e’lon qilindi, uning tarjimasini esa “Daryo” e’tiboringizga havola qiladi.

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    Meril Strip:

    Iltimos, o‘tirib oling. Rahmat, hammangizni sevaman. Dam olish kunlari baqirib va yig‘lab, ovozimni yo‘qotib qo‘ydim, ma’zur tutasiz. Bungacha esa go‘yo aql-hushimni yo‘qotgan edim, shuning uchun qog‘ozga qarab o‘qib beraman.

    Rahmat sizga, Gollivud xorijiy matbuot assotsiatsiyasi. Xyu Lorining so‘zlarini davom ettiraman: siz va bu zalga yig‘ilgan barchamiz Amerika jamiyatining eng tahqirlanuvchi qatlamiga mansubmiz. O‘ylab ko‘ring-da: Gollivud, chet elliklar va matbuot. Lekin biz aslida kimmiz va Gollivudning o‘zi nima? Bu shunchaki jahonning turli burchaklaridan yig‘ilgan odamlar to‘dasi. Men Nyu-Jersida tug‘ilganman va o‘sha yerda o‘qiganman. Viola (Devis) Janubiy Karolinadagi yer egasining xaroba uyida dunyoga kelgan, Rod-Aylenddagi Sentral-Follsda voyaga yetgan; Sara Polson Floridada tug‘ilgan, uni Bruklinda yolg‘iz ona tarbiyalagan. Sara Jessika Parker — ogayolik oiladagi yetti yoki sakkiz boladan biri. Emi Adams Italiyada, Vichensada tavallud topgan. Natali Portman Quddusda tug‘ilgan. Qani bizning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalarimiz? Maftunkor Rut Negga esa Addis-Abeba, Efiopiyada dunyoga kelgan, biroq Londonda... yo‘q, Irlandiyada, shekilli, voyaga yetgan va Virjiniyadagi kichik bir shahardan chiqqan qizaloq roli uchun bugun mukofotga da’vogarlar qatorida.

    Rayan Gosling — olamdagi barcha yoqimtoy odamlar kabi kanadalik; Dev Patel bo‘lsa Keniyada tug‘ilgan, Londonda katta bo‘lgan, bu yerga tasmaniyalik hind roli sabab kelib o‘tiribdi. Gollivud kelgindilar va chet elliklarga to‘la. Agar ularning barchasini mamlakatdan quvib solsak, amerikacha futbol va aslida hech qanday san’at bo‘lmagan aralash jang san’atini tomosha qilishdan o‘zga chora qolmaydi.

    Menga nutq uchun atigi uch soniya vaqt berilgan, shunday ekan, gap bunday: aktyorning yagona vazifasi — bu bizga o‘xshamagan odamlar obrazida jonlanish va aslida bu qanday bo‘lishini his qilish imkonini taqdim etishdir. Bu yil kishini o‘ziga jalb qiladigan va unda hamdardlik hissini uyg‘otadigan aynan shunday rollar ko‘p bo‘ldi. Biroq bitta chiqish meni hayratda qoldirib, yuragimning eng tubiga qadar yetib bordi. Bu uning yaxshi bo‘lganidan darak emas — unda hech qanday yaxshilik yo‘q edi. Biroq u ta’sirli edi va qilishi kerak bo‘lgan ishni qildi. Tomoshabinlar kulishdi va mazax qilishdi. Bu — mamlakatimizdagi eng e’zozli o‘rin uchun da’vogar odam bir nogiron jurnalistni — ya’ni lavozimi, qudrati va javob berish imkoniyati bo‘yicha o‘zidan kuchsiz odamni kalaka qilayotgan vaziyat edi. Bu hol yuragimni parchaladi va men hali ham yuz bergan o‘sha hodisani ongimdan chiqarib tashlay olmayapman, chunki u kinoda emas, aksincha, hayotda sodir bo‘ldi.

    Qandaydir qudratli kuch tomonidan translyatsiya qilinayotgan vaqtda instinktiv tahqirlash istagi har bir odamning hayotiga kirib boradi — demak, boshqa odamlar ham shunday xatti-harakat qilishi mumkin. Hurmatsizlik ortidan hurmatsizlik tug‘iladi, zo‘ravonlik yangi zo‘ravonlikka sabab bo‘ladi. Kun kelib qudratli bir shaxs mazax-kalaka darajasigacha tubanlashsa, bundan biz hammamiz yutqazamiz. Mayli, davom etamiz.

    Bu o‘y-xayollar meni matbuot tomon yetaklamoqda. Murosasiz matbuot hokimiyatni javob berishga da’vat etishi va har bir beboshligi uchun uni maydonga chorlashi kerak. Aynan shu sababli ham AQShning asoschi-otalari konstitutsiya asosiga matbuot erkinligini qo‘ygan. Men o‘z qudrati bilan tanilgan Gollivud xorijiy matbuot assotsiatsiyasini va jamiyatimizdagi har bir kishini menga qo‘shilishga va Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasini qo‘llab-quvvatlashga chaqiryapman, xolos. Tashkilot o‘z faoliyatini davom ettirishi biz uchun zarur, qo‘mitaga esa haqiqatni himoya qilishda biz kerakmiz.

    Yana bir gap. Bir safar tasvirga olish maydonchasida turarkanman, nimadandir jahlim chiqardi — yo tushlik vaqtida ham ishlashimiz kerak edi, yoki bo‘lmasa yana biroz ushlanib qolayotgandik, taxminan shunaqaroq holat. O‘shanda Tommi Li Jons menga shunday degandi: “Shunchaki aktyorlik — o‘ziga xos imtiyoz bo‘lsa kerak, shunday emasmi, Meril?”. Ha, shunday va biz bu imtiyoz haqida hamda birga qayg‘urishga mas’ul ekanimiz haqida bir-birimizga eslatib turishimiz lozim. Biz barchamiz Gollivud sharaflayotgan faoliyatdan faxrlanishimiz kerak.

    Dugonam, marhum malika Leya (Kerri Fisher) aytganidek: “Parchalangan yuragingni qo‘lga ol-da, uni san’atga bag‘ishla”.

    P.S. Donald Tramp “Oltin globus” taqdimotining ertasiga Meril Stripning bu so‘zlariga munosabat bildirdi. AQShning saylangan prezidenti Stripni Gollivuddagi iqtidoriga eng ko‘p ortiqcha baho berilgan aktrisa deb atab, uni shaxsan o‘zi yaxshi bilmagan insonni tanqid qilishda aybladi.

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    10.01.2017, 12:00   Izoh (0)   16051
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bayram” guruhi a’zosi Ravshan Hojiakbarov vafotidan bir necha kun avval insultni boshdan o‘tkazgani ma’lum qilindi

    09.01.2017, 18:16

    “Bayram” guruhi yakkaxonlaridan biri Ravshan Hojiakbarov 44 yoshida vafot etdi

    09.01.2017, 16:13

    Insultni boshdan o‘tkazgan taniqli teleboshlovchi Nasiba Maqsudova tez orada televideniyega qaytishini ma’lum qildi

    08.01.2017, 06:03

    2016-yilda farzandli va nevarali bo‘lgan o‘zbek shou-biznesi vakillari

    31.12.2016, 21:04

    Tekshiruv natijalari Jorj Maykl o‘limi sabablarini ochib berolmadi

    31.12.2016, 19:17

    2016-yilda oila qurgan va farzandlarini yangi hayotga kuzatgan o‘zbekistonlik san’atkorlar

    31.12.2016, 19:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Los-Anjelesda noma’lum erkak odamlarga qarata o‘q uzdi

    Dunyo | 5 avgust, 23:55

    Samarqand viloyatining uchta tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:48

    Netanyaxu Tramp va Putin o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish uchun vositachilik qilmoqda — OAV

    Dunyo | 5 avgust, 23:45

    Toshkentda 21 kunda fuqarolardan 1715 ta tig‘li qurol musodara qilindi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:35

    Norvegiyada 75 ming yillik hayvon qoldiqlari topildi

    Dunyo | 5 avgust, 23:25

    Donald Tramp psixikasida kognitiv muammolar bor — The Guardian

    Dunyo | 5 avgust, 23:15

    Ko‘kdala tumanida yana zapravka portladi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:12

    Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

    Iqtisodiyot | 5 avgust, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.