Yaqinda insultni boshdan o‘tkazgan taniqli teleboshlovchi, MY5 (“Mening yurtim”) telekanali orqali efirga uzatiladigan “Diydor shirin” ko‘rsatuvi muallifi Nasiba Maqsudovaning salomatligi ayni vaqtda yaxshi, barcha xavf ortda qolgan. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, davolanib bo‘lganidan so‘ng so‘ng, diktor yana oyoqqa turib ketadi.
Odam taftini odam oladi. Kelganlar bilan gaplashib, bo‘layotgan voqealardan xabardor bo‘lib turibman. Internetda chiqayotgan yangiliklar, odamlarning menga sog‘lik tilab yozayotgan so‘zlarini o‘qib berishdi. Xursand bo‘ldim.Nasiba Maqsudova tez orada yana televideniyega qaytishini, “Diydor shirin”ning yubiley sonlarini tayyorlash niyatida ekanini, 8-mart — Xotin-qizlar bayramiga alohida bayramona dastur tayyorlamoqchiligini ma’lum qilgan.Nasiba Maqsudova, suxandon, teleboshlovchi
Ma’lumot uchun, Nasiba Maqsudova 1948-yilda tavallud topgan. Uzoq yillar O‘zbekiston milliy tederadiokompaniyasida faoliyat yuritgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)