Patologoanatomik tekshiruv natijalari britaniyalik xonanda Jorj Mayklning o‘limi sabablarini ochib berolmadi. Bu haqda mahalliy politsiya ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“O‘lim sababi noaniqligicha qolmoqda, qo‘shimcha testlar o‘tkaziladi. Ularning natijalari bilan bir necha haftadan so‘ng tanishish mumkin. Janob Mayklning o‘limiga hozircha mavhum, biroq shubha uyg‘otmaydigan deb baho berish mumkin”, — deyiladi politsiya bayonotida.
Xonandaning menejeri Maykl Lippman o‘limga yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Jorj Maykl hayotining oxirgi yilida geroin iste’mol qilib, giyohvand bo‘lib qolgani bildrilgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)