Afg‘onistonning 34 provinsiyasidan 18 tasida o‘tkazilgan jangovar kontrterrorchilik operatsiya chog‘ida bir kecha-kunduzda kamida 19 nafar jangari yo‘q qilindi, yana 16 nafari yaralandi, deb yozadi “TASS”.
Qandahor provinsiyasining Maruf tumanida Afg‘oniston harbiy-havo kuchlari “Tolibon” harakatining besh jangarisini va ularning ikkita avtomobilini yo‘q qildi.
Hilmand va Nimroz provinsiyalarini birlashtiruvchi shosseda o‘tkazilgan kontrterrorchilik operatsiyasi natijasida esa olti jangari yo‘q qilindi, yana to‘qqiz nafari yaralandi. Shuningdek, xavfsizlik kuchlari trassa bo‘ylab joylashtirilgan 20 ta qo‘lbola portlovchi qurilmalarni zararsizlantirdi.
Izoh (0)