“Boko Haram” guruhining Diffa mintaqasida harakat qilgan 20 nafar jangarisi Niger rasmiylariga taslim bo‘ldi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Muhammad Bazum ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Vazirga ko‘ra, o‘tgan haftadan beri 50 nafarga yaqin ekstremist qurolini topshirish va hukumatga taslim bo‘lishga qaror qildi. Ularning barchasi “Boko Haram”ning asosiy bazalari joylashgan Nigeriya bilan chegaradagi Diffa mintaqasida faoliyat olib borgan.
Bazum terrorchi guruh faollarining taslim bo‘lishi davom etishiga ishonch bildirdi. Qator tumanlarda “Boko Haram” bilan urush yakuniga yetganini ma’lum qildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)