Joriy qishda Xitoy Xalq Respublikasining maxsus ma’muriy tumani — Gonkong hududida ikkinchi odam H7N9 parranda grippidan vafot etdi, deb yozadi “TASS”.
Mahalliy sog‘liqni saqlash organlari ma’lumotlariga ko‘ra, Gonkongning yaqinda vafot etgan fuqarosi dekabr o‘rtalarida Guanchjou shahriga qilgan safari chog‘ida kasallikni yuqtirgan.
Avvalroq Gonkong ma’muriyati hududda odamning H7N9 parranda grippi bilan kasallanishiga bog‘liq so‘nggi uch hafta ichidagi uchinchi holat haqida ma’lum qilgan edi. Grippni yuqtirgan 62 yoshli erkak og‘ir ahvolda yotibdi.
So‘nggi vaqtlarda ushbu kasallikning Janubiy va Sharqiy Xitoyda tarqalishi kuzatilmoqda. Joriy qishda XXRda ushbu virus tufayli bir qancha o‘limlar qayd etildi.
Birinchi marta H7N9 Xitoyda odamda 2013-yil martida aniqlangan edi. 2013—2014-yillarda ushbu kasallik Xitoyda avj olishi natijasida 36 kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Izoh (0)