Xitoyning Xenan provinsiyasidagi ko‘mir konida yuz bergan portlash qurbonlari soni 12 kishiga yetdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Oldinroq portlash oqibatida 5 kishi o‘lgani, 7 kishi vayronalar ostida qolib ketgani bildirilgandi. Hozirda ularning barchasi halok bo‘lgani aniqlandi.
Hodisa joyida huquq-tartibot xodimlari, shifokorlar va qutqaruvchilar ishlamoqda. Portlash sababi hozircha aniqlanmadi, tekshiruv olib borilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)