KXDR va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilash koreys xalqi taqdiri bilan bog‘liq eng muhim vazifa hisoblanadi. Bu haqda Shimoliy Koreyaning “Nodon sinmun” markaziy gazetasida chop etilgan maqolada aytiladi, deb yozadi “TASS”.
Nashr fikricha, ikki tomon yarashgan taqdirdagina Koreya yarim orolida mustahkam tinchlikka erishish va vatanlar birlashishi uchun imkoniyat yuzaga keladi. “Shimol va Janub o‘rtasida shubha va adovat saqlanib qolishi tarix va kelajak avlod oldidagi jinoyatga tengdir”, — deyiladi maqolada.
Gazeta barcha koreyslarni “Shimol va Janubning birlashishiga to‘sqinlik qilayotgan kuchlarga birgalikda qarshilik ko‘rsatish uchun birlashish”ga chaqirdi.
Izoh (0)