G‘arb va Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan “Suriya ozodlik armiyasi” (SOA) guruhi Rossiya va Turkiya vositachiligida kelishilgan yarashuvga rioya qilishga va’da berdi. Bu haqda Reuters SOA vakili Usama Abu Zaid bayonotiga tayanib xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
U, shuningdek, SOA Suriyadagi nizoni tartibga solish bo‘yicha bo‘lg‘usi muzokaralarda ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi. Shu bilan bir vaqtda, Abu Zaid yaqinda bo‘lib o‘tgan sulh tuzish to‘g‘risidagi muzokaralar chog‘ida SOA vakillari Suriya hukumati vakillari bilan uchrashmaganini aytdi.
Abu Zaid SOA Suriya prezidenti Bashar Asad Suriyaning kelajagini belgilashda qatnashmasligi kerak, degan fikrda ekanligini ta’kidladi.
Muxolifat ruhidagi guruh vakili aytishicha, Suriya mojarosini tartibga solish bo‘yicha muzokaralar Jeneva jarayoni doirasida kechishi kerak, uning doirasida Shveysariyada Suriya hukumati va muxolifat o‘rtasida bilvosita muzokaralarning bir nechta davrasi bo‘lib o‘tgan edi.
Izoh (0)