Germaniya rasmiylari kelib chiqishi tunislik bo‘lgan shaxsni Berlinda terakt uyushtirilishida ishtirok еtganlikda gumon qilib, qo‘lga oldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Prokuratura gumonlanuvchining nomini hozircha oshkor etmadi. Uning yoshi 40 da ekanligi va telefon raqami teraktning o‘ldirilgan ijrochisi Anis Amriy yon daftarida yozilgani tufayli topilgani ma’lum, xolos.
Germaniya prokuraturasi vakillariga ko‘ra, “kelgusi tergov harakatlari qo‘lga olingan shaxsning terakt tashkillanishidagi ehtimoliy ishtirokini aniqlashga yordam beradi”.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)