Afg‘onistonning “Tolibon” harakati jangarilari nazorati ostidagi Saripul viloyatida qurolli kishilar guruhi Latti qishlog‘ida yashovchi ayolni turmush o‘rtog‘isiz, yolg‘iz bozorga borgani uchun boshini tanasidan judo qildi, deb yozadi Kazakhstan Today.
Viloyat gubernatori so‘zlariga ko‘ra, 30 yoshli ayolning eri ayni paytda Eronda. Toliblarning mahalliy vakillari o‘z jangarilarining qotillikka aloqadorligini rad etmoqda.
Toliblar ayollarga erining hamrohligisiz uyni tark etishni taqiqlaydi. Shu bilan birga, ularga ishlash va o‘qish man qilingan.
Izoh (0)