Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyada o‘t ochish to‘xtatilganini hamda muzokaralar boshlanganini ma’lum qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Bundan tashqari, Putin Suriyadagi Rossiya harbiy ishtirokini kamaytirishga rozi bo‘ldi.
O‘z bayonotini davlat rahbari TIV va mudofaa vazirligi rahbarlari bilan uchrashuvda berdi. O‘t ochishning to‘xtatilishini Putin Rossiya kutgan va ustida ko‘p ishlagan voqea deb atadi.
“Uchta hujjat imzolandi. Birinchi hujjat — Suriya hukumati va qurolli muxolifat o‘rtasida Suriya Arab Respublikasi hududida o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida. Ikkinchisi — o‘t ochishni to‘xtatish tartibini nazorat qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar. Uchinchisi esa — Suriyada vaziyatni o‘nglash bo‘yicha tinch muzokaralarni boshlashga tayyorlik haqida bayonot”, — dedi Rossiya rahbari.
“Suriya bo‘yicha kelishuvlar juda nozik, ular alohida e’tiborni talab etadi”, — qo‘shimcha qildi Putin.
Izoh (0)