OPEK a’zolari va sheriklari tomonidan kelgusi yil 1-yanvaridan neft qazib olish hajmi kamaytirilishi arafasida xomashyo narxi oshib, hafta mobaynidagi eng maksimal darajada savdo qilinmoqda. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.
Londonning ICE Futures birjasida fevralda yetkazib beriladigan Brent turidagi neft narxi 27-dekabr, kechki payt 1,12 foizga oshib, bir barreli uchun 55,78 dollarni tashkil yetdi.
Nyu-York tovar birjasida (NYMEX) fevralda yetkaziladigan WTI turidagi neft bahosi 1,24 foizga ko‘tarilib, bir barreli uchun 53,68 dollarga yetdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)