OAV: Pan Gi Mun yanvar oyida Janubiy Koreyadagi prezidentlik saylovida ishtiroki haqida e’lon qilishi kutilmoqda
BMT bosh kotibi Pan Gi Mun yanvar oyi o‘rtalarida Janubiy Koreyadagi muddatidan oldingi prezidentlik saylovida ishtiroki haqida e’lon qilishi mumkin. Bu haqda u tug‘ilib-o‘sgan Imson uyezdi meri Li Pxil Yon ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Dekabr oyining oxirgi kuni bosh kotib lavozimini tark etayotgan Pan Gi Mun Janubiy Koreyaga 2017-yil yanvari o‘rtalarida qaytadi. U 15—20-yanvar o‘rtasida kichik vatanida birinchi chiqish qiladi va o‘ta muhim mavzularda bayonot beradi”, — deya ta’kidladi mer.
Ekspertlarga ko‘ra, Pan Gi Mun 2017-yili bo‘lib o‘tadigan saylovlarda mamlakat prezidentligi lavozimi uchun kurashish niyatini ma’lum qiladi. Oldinroq uning o‘zi bunday imkoniyatni istisno etmagan, biroq hech qachon bu haqda to‘g‘ridan-to‘g‘ri gapirmagandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.