Isroil mudofaa vaziri Avigdor Liberman Fransiyada istiqomat qiluvchi yahudiylarni ushbu mamlakatni tark etishga chaqirdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Fransiyadagi yahudiylarga: ‘Bu sizning mamlakatingiz emas, bu sizning yeringiz emas, Fransiyadan ketib, Isroilga keling’, deydigan vaqt kelganga o‘xshaydi”, — dedi u Isroilning “Isroil — bizning uyimiz” partiyasi yig‘ilishida.
Vazirning bayonoti 2017-yil 15-yanvarga belgilangan, Yaqin Sharqdagi tinchlikka bag‘ishlangan xalqaro anjuman bilan bog‘liq, u tadbir tashabbuschisi Fransiyada bo‘lib o‘tadi. Anjumanda 70 ga yaqin davlat va xalqaro tashkilotlar qatnashishi kutilmoqda.
Libermanning so‘zlariga ko‘ra, yahudiylarning Fransiyani tark etishi — “ushbu fitnaga yagona javob”, anjuman esa — “Isroil davlatiga qarshi tribunal”.
U, shuningdek, anjumanning asl maqsadi “Isroil davlati xavfsizligiga putur yetkazish va uning halol nomiga dog‘ tushirish” ekanligini aytdi.
Izoh (0)