Kambodja bosh vaziri Xun Sen AQShning saylangan prezidenti Donald Trampni lavozimiga kirishganidan so‘ng qirollikning 274 million dollar atrofidagi qarzidan voz kechish masalasini ko‘rib chiqishga chaqirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Bosh vazirga ko‘ra, mazkur qarz 1970-yillarda, keyinchalik Pol Pot mustabid tuzumi tomonidan ag‘darilgan Lon Nol hukumati vaqtida to‘plangan. O‘sha yillarda AQSh sobiq Kampuchiyaga guruch, un va matolar xarid qilish maqsadli tovar kreditlari taqdim etgan. Shu bois hozirgi ma’muriyat avvalgi rasmiylar orttirgan qarz uchun javob bermasligi lozim.
Bosh vazir Hindixitoyda 1973-yilgacha davom etgan AQSh harbiy tajovuzi davomida mamlakatga yetkazilgan zarar uchun Vashingtonga nisbatan da’vo bildirilmayotganini pisanda etib o‘tdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)