Xitoy poytaxtida 20—23-dekabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar milliy koordinatorlar kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yig‘ilishda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari tomonidan tashkilot faoliyatining dolzarb masalalari, jumladan, Ostona shahrida tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishini hamda Qozog‘istonning ShHTda raisligi doirasida bo‘lajak boshqa tadbirlarni o‘tkazishga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi.
Majlisda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan sammitda imzolangan Hindiston va Pokistonning ShHTga a’zo davlat maqomini olish uchun majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandumlar kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki protseduralarining bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumot tinglandi.
Milliy koordinatorlar ShHT kun tartibining boshqa masalalari yuzasidan ham fikr almashdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)