21-dekabr kuni Qozog‘istonda tun sharoitida o‘quv parvozini amalga oshirish chog‘ida Su-27 samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Qozog‘iston mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, uchuvchi mayor A. Isqaqov samolyotni aholi yashovchi punkt ostidan olib chiqib, katapulta yordamida bortni tark etgan. Uchuvchining ahvoli yaxshiligi aytilmoqda.
Uchuvchi kunduzgi va kechki paytdagi parvozlarining umumiy soati 556 soatga tengligi ma’lum qilindi.
Halokat sabablari va sharoitlarini maxsus komissiya aniqlashtiradi.
Izoh (0)