Varshavada muxolifat parlament (seym) quyi palatasi binosining barcha chiqish eshiklarini to‘sib qo‘ydi, deb yozadi “RBK”.
Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishchilar OAVlar erkinligini cheklaydigan yangi qonun loyihasi qabul qilinishiga qarshi chiqmoqda. Norozilik aksiyasi ishtirokchilarini politsiya tarqatib yuborishga intilmoqda, ammo seymga yangi namoyishchilar kelmoqda.
Aksiya majlis chog‘ida “Fuqarolik platformasi” muxolifat partiyasi deputati Mixal Shcherba parlament tribunasiga “OAVga erkinlik” plakati bilan chiqqach, boshlangan. Shundan so‘ng parlamentariy ovoz berish, shuningdek, qonun loyihasining bundan keyingi muhokamasida qatnashish huquqidan mahrum qilingan. Bunday qarorni seym spikeri, Polshaning hukmron konservativ partiyasi — “Huquq va adolat” partiyasi a’zosi Marek Kuxchinskiy qabul qilgan.
Bunga javoban muxolifatchilar o‘z joylarini tark etib, tribuna yonida to‘plandi va shu tariqa sahnaga chiqib nutq so‘zlashga imkon bermadi.
Izoh (0)