Rossiya va Yaponiyaning iqtisodiy sohadagi hamkorligi ikki mamlakat sheriklik aloqalarini rivojlantirish uchun poydevor yaratish imkonini beradi. Bunday fikrni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan ishchi nonushtasi formatidagi muzokaralar boshida bildirdi, deb yozadi “TASS”.
Rossiya yetakchisi Rossiya va Yaponiya iqtisodiyotlari bir-birini to‘ldirishini ta’kidladi. “Biz ikki tomonlama aloqalarning salohiyatini ochish ustida ter to‘kishimiz kerak”, — dedi u.
O‘z navbatida Yaponiya hukumati rahbari kirish so‘zida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollariga e’tibor qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Yaponiya “katta, ammo keng sohalarda ochilmagan potensial”ga ega.
Umuman, Yaponiya bosh vaziri Putin bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish zarurligi haqida hamjihat fikrga kelganini ma’lum qildi, buni ular, shu jumladan, hamkorlikdagi loyihalarni aniqlashtirish yo‘li bilan amalga oshiradi. Bundan tashqari, Abe Rossiya va Yaponiyaning alohida hududlari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish muhimligiga e’tibor qaratdi.
Izoh (0)