2016-yilning 13-dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisi ochildi, deya xabar bermoqda O‘zA. Majlisda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a’zolari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Senatorlar “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqdilar. Senatorlar 1992-yil 8-yanvar kuni “O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilinganligini qayd etdilar.
8-yanvarni – Prokuratura organlari xodimlari kuni deb belgilash ularning maqomini, prokuratura organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga, ularni o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarishga rag‘batlantirishga ko‘maklashadi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Izoh (0)