O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Adham Ikromov Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u Bosh vazir o‘rinbosarligini ham saqlab qoladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Adham Ikromov 2012-yilda Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlangan, hukumatda Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksiga rahbarlik qiladi. Bungacha u 2009—2012-yillarda Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida faoliyat yuritgandi.
2012-yildan beri vazirlikni boshqarib kelgan Anvar Alimov Respublika ixtisoslashgan endokrinologiya maxsus ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori etib tayinlandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)