Suriya hukumati armiya jangarilar siquvi tufayli Palmira shahrini tark etganini ma’lum qildi, ammo yaqin vaqt ichida shahar ustidan nazoratni qaytadan qo‘lga kiritishni va’da qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Reuters’ga ko‘ra, Xoms viloyati hokimi Talal Baraziy Ikhbariyah telekanaliga bergan intervyusida IShID shaharni egallaganini bildirdi va hukumat qo‘shinlari chekinib, Palmira atrofida o‘rnashganini aytdi.
“Armiya terrorchilar Palmirani ushlab qola olmasligi uchun qo‘lidan kelgan ishni qilmoqda”, — dedi Baraziy.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)