Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Istanbuldagi teraktlar tufayli 11—12-dekabr kunlari Qozog‘istonga rejalashtirilgan tashrifini bekor qildi. Bu haqda, Haber Turk manbalariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Gazetaga ko‘ra, tashrif boshqa vaqtga qoldirilgan, biroq aniq sana hali belgilanmagan. Erdo‘g‘onni prezident Nursulton Nazarboyev taklif etgan, “yuzma-yuz va delegatsiyalar tarkibidagi muzokaralar” o‘tkazilishi mo‘ljallangandi.
Shuningdek, tomonlar 2017-yili Turkiyada bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi o‘tkazilishiga tayyorgarlikni muhokama etishi kutilgandi.
Ma’lumot uchun, Erdo‘g‘on Qozog‘istonga oxirgi marta 2015-yil aprelida kelgandi.
Izoh (0)