Xitoy poytaxtida ikki kun davomida havoning sezilarli darajada ifloslanishi oqibatida yuqori ekologik xavf saqlanib qoladi. Bu haqda Pekin ekologiya markazi ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Tashkilotga ko‘ra, 11-dekabr, yakshanba kuni RM2,5 zarralarining havodagi miqdori me’yordagidan 10 barobar ko‘payishi kuzatiladi. Mutaxassislar shu kuni va ertasiga ko‘chaga chiqmaslikni maslahat berdi. Salomatligi, ayniqsa yurak-qontomir tizimida muammolar bo‘lgan kishilarga jismoniy zo‘riqishdan tiyilish tavsiya etilgan.
Taxminlarga ko‘ra, Pekinda havo sifati 13–14-dekabr kunlari odatiy holatga qaytadi.
Izoh (0)