2020-yilda birinchi Jahon robotlar sammiti Yaponiyaning Ayti va Fukusima prefekturalarida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Xirosige Seko ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Biz robotlar kelajak jamiyatida qanday ishlashi va hayot tarzini qanday o‘zgartirishini ko‘rmoqchimiz”, — dedi vazir. Sammit ushbu prefekturalarning Tokoname va Minamisona shaharlarida o‘tkaziladi.
Yaponiyadagi sammitda dunyoning 10—20 mamlakatidagi institutlar, tadqiqot markazlari va kompaniyalar jamoalari o‘z ishlanmalarini taqdim etishi kutilmoqda.
Sammit tadbirlari ishlab chiqarish sektori, tabiiy ofatlarga qarshi kurash kabi bir nechta seksiyalarga ajratiladi.
Yaponiya hukumati 2020-yilda Jahon robotlar sammitini o‘tkazish niyati haqida oktabrdayoq ma’lum qilgan edi.
Yaponiya hukumati, xususan, tug‘ilish darajasining pastligi, ishchi kuchining yetishmasligi, aholining qarishi bilan bog‘liq ijtimoiy muammolarni hal etishda robotlar qo‘llanilishini kengaytirmoqchi.
Izoh (0)