Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaponiya hukumati 2020-yilda Robotlar jahon sammitini o‘tkazishga qaror qildi, uning doirasida mashinalar aniqlik, tezlik va ish sifati bo‘yicha musobaqalashadi, deya xabar bermoqda “TASS” iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Xirosige Sekoga tayanib.

Foto: AP

Foto: AP

“Biz butun dunyodan eng yaxshi robotlarni va ushbu sohadagi eng yaxshi g‘oyalarni yig‘ishga umid qilmoqdamiz”, — dedi u. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, tadbir birinchi navbatda, sanoat va turmushda foydalaniladigan yangi qurilmalarni ishlab chiqishga turtki berishi kerak.

Yaponiya hukumati, xususan, tug‘ilish darajasining pastligi, ishchi kuchining yetishmasligi, aholining qarishi bilan bog‘liq ijtimoiy muammolarni hal etishda robotlar qo‘llanilishini kengaytirmoqchi. Ayni paytda hukumat 2020-yilgi Tokio Olimpiadasi o‘tkaziladigan vaqtga to‘g‘ri keladigan Robotlar jahon sammitiga mezbonlik qiladigan shaharni aniqlamoqchi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi