Peruning janubiy qismida 6,3 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmatiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, yerosti silkinishlari epitsentri Xulyak shahridan 45 kilometr shimoli-sharqda, uning o‘chog‘i esa 32 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Tabiiy ofat oqibatida vayronalar va jabrlanganlar haqida ma’lumotlar hozircha kelib tushmadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)