Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha 17–18 yoshlilar o‘rtasidagi jahon chempionatida 25-noyabr, juma kuni finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Xabarda qayd etilishicha, yarim final bahslarida o‘zbekistonlik 4 nafar charm qo‘lqop ustasi ishtirok etdi. Ulardan faqatgina bir nafari g‘alaba qozonib, finalga chiqdi.
-60 kilogramm vaznda qatnashayotgan Bilolbek Mirzarahimov turkiyalik Nejat Ekinchini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘l oldi. Oltin medal uchun bellashuvda o‘zbekistonlik bokschi AQSh vakili Delant Jonsonga qarshi ringga ko‘tariladi.
-52 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Otabek Xolmatov yarim finalda yaponiyalik Xayato Sutsumiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
-56 kilogramm vazndagi Shunqor Abdurasulov amerikalik Mark Kastroga 0:4 hisobida, -91 kilogramm vazn toifasida ringga chiqqan Shohruz Rahimov esa rossiyalik Vladimir Ujunyanga 0:5 hisobida yutqazib qo‘ydi. Shunqor Abdurasulov va Shohruz Rahimov ham bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)