Germaniya kansleri Angela Merkel mazkur lavozimga to‘rtinchi bor nomzodini qo‘yadi. Bu haqda xonim yetakchisi bo‘lgan Xristian-demokratik ittifoq partiyasi vakili Norbert Rettgenga tayanib, CNN ma’lum qildi, deya xabar beradi “Vedomosti”.
“U nomzod sifatida ilgari suriladi. Merkel G‘arb siyosiy konsepsiyasining tayanch nuqtasi, faol global siyosiy arbob hisoblanadi. Shunday ekan, u saylovlarda ishtirok etadi va mas’uliyatli yetakchi siyosatini olib boradi”, — deya ta’kidladi Rettgen.
Ma’lumot uchun, Germaniya tarixida ilk ayol kansler bo‘lgan Angela Merkel ushbu lavozimni 2005-yil, 21-noyabrdan beri egallab kelmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)