AQSh Kongressi vakillar palatasi 15-noyabr, seshanba kuni Eronga qarshi sanksiyalarni yana 10 yilga uzaytirish bo‘yicha ovoz berdi. Mazkur qarorni 419 nafar kongressmen qo‘llab-quvvatladi va atigi bir kishi qarshi ovoz berdi. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi.
Hujjat AQSh prezidentiga Eron tomonidan ballistik raketalar ishlab chiqilishi, terrorchilikni qo‘llab-quvvatlanishi, inson huquqlari buzilishiga aloqador bo‘lganlarga nisbatan cheklovchi choralar qo‘llashga imkon beradi. Ushbu vakolatlar joriy yil 31-dekabr kuni yakuniga yetayotgandi.
Palata xalqaro ishlar qo‘mitasi raisi Ed Roysga ko‘ra, sanksiyalar AQSh rasmiylariga Eron bilan erishilgan “xavfli yadro kelishuvi” yetkazgan zararni kamaytirish uchun o‘ta muhim qurol bo‘lib xizmat qiladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)