AQSh Kongressining Vakillar palatasi 15-noyabr, seshanba kuni Suriyaga qarshi, shuningdek, uni qo‘llab-quvvatlaydigan Rossiya va Eron kabi mamlakatlarga qarshi sanksiyalar kiritishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini bir ovozdan qabul qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Endi uni Senat ko‘rib chiqishi kerak.
Palataning tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Ed Roys majlisda aniqlik kiritishicha, sanksiyalar Suriya hukumati jangovar harakatlar olib borish uchun ehtiyoj sezadigan iqtisodiyotning butun boshli sektorlariga qaratiladi.
Qonun loyihasi Asad rejimi bilan ish olib borishda davom etayotgan shaxslarga qarshi sanksiyalar kiritishni nazarda tutadi.
“Biz urush mashinasini ta’minlab turgan narsalar: pullar, samolyotlar, ehtiyot qismlari, neft yetkazib berilishi iziga tushamiz. Biz Asadga zo‘ravonlikni amalga oshirishda yordam berayotgan sheriklariga qarshi harakat qilamiz”, — dedi tashabbus muallifi demokrat kongressmen Eliot Engel.
Izoh (0)