Ukraina Oliy Radasi o‘zining kun tartibiga sobiq prezident Viktor Yanukovich va uning atrofidagilarga shaxsiy sanksiyalar qo‘llash bo‘yicha qaror loyihasini kiritishga 4 marotaba muvaffaqiyatsiz harakat qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
15-noyabr, seshanba kuni ertalabki plenar yig‘ilish davomida mazkur qaror uch marta ovoz berishga qo‘yildi, biroq har gal buning uchun bir necha ovoz yetmadi. Kechki yig‘ilishda spiker Andrey Parubiy yana bir bor ushbu masalani ko‘tarib chiqdi, lekin buni talab etilgan 226 deputatdan 216 nafari qo‘llab-quvvatladi, xolos.
Sanksiyalar qo‘llanishi taklif etilayotgan shaxslar ro‘yxatiga sobiq prezident Viktor Yanukovich, uning o‘g‘li Aleksandr, sobiq bosh vazir Nikolay Azarov, shuningdek, Vitaliy Zaxarchenko, Viktor Pshonka, aka-uka Klyuyevlar, Sergey Kurchenko, Dmitriy Firtash va boshqalar, jami 21 kishi kiritilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)