Avstraliya, Xitoy va Malayziya vakillari Hind okeani janubiy qismida operatsiyaning amaldagi bosqichi yakunlangandan so‘ng 2014-yili Pekinga parvozi chog‘ida g‘oyib bo‘lgan Boeing 777 samolyotini qidirishni vaqtincha to‘xtatadi. Bu haqda Malayziya transport vaziri Liou Tiong Lay ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Umumiy maydoni 120 ming kvadrat kilometrdan iborat hudud o‘rganib bo‘linganidan so‘ng qidiruvning yangi yo‘nalishlarini aniqlash kerak bo‘ladi. Gap laynerni qidirishdan butkul voz kechish haqida ketayotgani yo‘q”, — deya ta’kidladi Liou Tiong Lay.
Vazirga ko‘ra, kelgusi yil boshida joriy operatsiya yakunlari ko‘rib chiqiladigan texnik hisobot e’lon qilinishi kutilmoqda. Bugungi kunga kelib 110 ming kvadrat kilometr maydon tadqiq etildi, biroq mazkur qidiruvlar hozircha hech qanday natija bermadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)