Yangi Zelandiyada 6,8 magnitudali zilzila yuz berdi, deb yozadi “TASS” AQSh Geologiya xizmatiga tayanib.
Yer osti silkinishlari epitsentri Kaikoura shahridan taxminan 38 km janubi-g‘arbda joylashdi. Zilzila o‘chog‘i esa 10 km chuqurlikda joylashdi.
Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot kelib tushganicha yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Yangi Zelandiya sohillarida 13-noyabr, yakshanba kuni 7,9 magnutidali zilzila ro‘y berdi. Yangi Zelandiya fuqarolik mudofaasi va favqulodda vaziyatlar vazirligi janubiy orolning sharqiy sohilida sunami xavfini e’lon qildi. Ushbu hududda istiqomat qiluvchilarga balandroq joylarga o‘tish tavsiya etildi.
Izoh (0)