Sotsialistlar partiyasi rahbari Igor Dodon Moldova prezidentligiga saylovlarning ikkinchi turida g‘alaba qozonganini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Ishonch bilan ayta olamanki, biz ushbu prezident saylovlarida g‘olib chiqdik. Okean ortida ovoz berish hali davom etmoqda. Ammo ayni paytgacha biz 50% +1 ta ovoz to‘plashga ulgurdik. Biz yutdik”, — dedi u.
Ta’kidlanishicha, Dodon Rossiya bilan strategik sheriklikni qayta tiklamoqchi. Sotsialistlar partiyasi rahbari Moldova mahsulotlarini Rossiya bozoriga qaytarib, energetika bo‘yicha hamkorlikni normallashtirmoqchi.
Saylovlarning ikkinchi turida Rossiya bilan strategik sheriklikni qayta tiklash tarafdori bo‘lgan Moldova Respublikasi Sotsialistlar partiyasi yetakchisi Igor Dodon hamda Yevroittifoq bilan integratsiya tarafdori bo‘lgan Harakat va birdamlik partiyasi rahbari Mayya Sandu ishtirok etdi.
Izoh (0)