Somali prezidenti Hasan Shayx Mahmud kuchli qurg‘oqchilikdan aziyat chekayotgan mamlakat aholisiga gumanitar yordam berishga chaqirib, xalqaro hamjamiyatga murojaat etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Xalqaro hamjamiyatga vaziyat yanada yomonlashmasidan turib, Somali xalqiga zudlik bilan yordam berishga chaqiraman. Ko‘mak shoshilinch kerak, ayniqsa, mamlakatning qurg‘oqchilikdan jabr chekayotgan hududlariga”, — ta’kidladi prezident.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Somalida oziq-ovqat yetishmovchiligiga duch kelayotganlar soni 5 million kishiga yetdi, bu esa mamlakat aholisining 40 foizdan oshig‘ini tashkil etadi. Ularning 300 mingdan ortig‘i besh yoshgacha bo‘lgan bolalar ekanligi bildirilmoqda.
Izoh (0)