Xitoyda ayol uchuvchi J-10 qiruvchi-bombardimonchi samolyotida o‘quv mashqini bajarish chog‘ida halokatga uchradi. Bu haqda mamlakat markaziy televideniyesi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Xitoy armiyasi harbiy-havo kuchlari matbuot xizmatiga ko‘ra, 12-noyabr, shanba kuni mashq parvozi davomida samolyotda muammolar tug‘ildi. Yuy Syuy katapultani ishga solishga majbur bo‘ldi, biroq qo‘nish payti jiddiy shikastlandi va olingan jarohatlar oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.
Izoh (0)