AQShning Afg‘onistondagi elchixonasi 13-noyabr, yakshanba kuni ehtiyot choralari tufayli yopildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Diplomatik vakolatxonani yopish haqidagi qaror jangarilarning Kobul yaqinidagi Bagram harbiy bazasiga hujumidan so‘ng qabul qilindi. Amerikalik ikki askar va ikki nafar shartnoma asosida xizmat qiluvchi harbiy “Tolibon” zimmasiga olgan mazkur hujum qurboni bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Mozori Sharif shahrida Germaniya konsulligiga uyushtirilgan hujum oqibatida ham olti kishi halok bo‘lgan, 100 dan ortiq odam jarohat olgandi.
Izoh (0)