• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 12-noyabr kuni Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

    Van I. Foto: Wikipedia

    Van I. Foto: Wikipedia

    Shavkat Mirziyoyev mehmonni mamlakatga tashrifi bilan qutlab, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etgani va qo‘llab-quvvatlagani uchun Xitoy rahbariyatiga, shaxsan XXR Raisi Si Szinpinga samimiy minnatdorlik bildirdi. Xitoy tashqi ishlar vazirining Samarqandda bo‘lib, Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirgani Birinchi Prezidentga yuksak ehtirom ifodasidir.

    Samimiy va xayrixohlik ruhida o‘tgan suhbat davomida O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanayotgani va mustahkamlanib borayotgani ta’kidlandi.

    Tomonlar Islom Karimovning 2015-yilda Xitoyga hamda Si Szinpinning 2016-yilda O‘zbekistonga tashriflari o‘zaro anglashuv va ishonchga asoslangan munosabatlarni yanada mustahkamlagani, ikki taraflama manfaatli hamkorlikka yangi sur’at bag‘ishlaganini alohida qayd etdi.

    Ikki davlat muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi muloqotlarga alohida ahamiyat qaratadi. Bu amaliyotni kelgusida ham davom ettirish, 2017-yilda navbatdagi uchrashuvlarni o‘tkazishga kelishib olindi.

    Van I joriy yil iyun oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi va uning natijalariga yana bir bor yuksak baho berdi. Mamlakatlarning ShHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi yaqin hamkorligini davom ettirishdan tomonlar birdek manfaatdor ekani ta’kidlandi.

    O‘zbekiston–Xitoy hukumatlararo hamkorlik qo‘mitasi va uning tarkibida faoliyat yuritayotgan yettita ixtisoslashgan quyi qo‘mitalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaralari qayd etildi.

    Ikki tomonlama, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik ko‘plab masalalar bo‘yicha fikr almashishning samarali mexanizmiga aylangan tashqi siyosat mahkamalari o‘rtasidagi yillik siyosiy maslahatlashuvlar o‘zaro hamkorlikning muhim bo‘g‘ini hisoblanadi.

    Muloqot chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnikaviy hamkorlikning bugungi holati hamda istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

    Xitoy O‘zbekistonning eng yirik savdo va sarmoyaviy sheriklaridan biridir. Mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4 milliard dollardan, O‘zbekistondagi ustuvor loyihalarga jalb qilingan Xitoy investitsiyalari va kreditlari hajmi 6,5 milliard dollardan oshadi.

    Xitoy kompaniyalari va banklari ishtirokida O‘zbekistonda Qamchiq dovoni orqali 19 kilometrlik temir yo‘l tunnelini ishga tushirish, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi va Qo‘ng‘irot soda zavodini qurish, Xorazm viloyatida zamonaviy ekskavator va buldozerlar ishlab chiqarish, telekommunikatsiyalar va axborot texnologiyalarini rivojlantirish singari sanoat va infratuzilma rivoji uchun muhim loyihalar, shuningdek, “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida investitsiyaviy loyihalar amalga oshirilgan.

    Bugungi kunda “Angren” erkin iqtisodiy zonasida avtomobil va qishloq xo‘jaligi texnikasi shinalari va konveyyer lentasi ishlab chiqarish zavodini hamda “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati negizida polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasini qurish kabi muhim investitsiyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda. Energetika, neft-gaz, irrigatsiya va melioratsiya sohalarida, infratuzilmalarni modernizatsiya qilish borasida va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida qo‘shma loyihalar tayyorlanmoqda.

    Ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgan O‘zbekiston–Xitoy madaniy-gumanitar aloqalariga ham yuqori baho berildi.

    Van I samimiy qabul uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi. Xitoy rahbariyati O‘zbekiston bilan ikki mamlakatning uzoq muddatli manfaatlariga mos keladigan barcha istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha sheriklikni bundan buyon ham faol rivojlantirish va mustahkamlashdan, O‘zbekiston va Xitoyning barqarorligi, xavfsizligi, izchil ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yo‘lidagi hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga mustahkam sog‘lik va ulkan muvaffaqiyatlar, Xitoy xalqiga tinchlik va farovonlik tiladi.

    12.11.2016, 20:29   Izoh (0)   12889
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 13-noyabr kuni havo harorati +20 darajagacha ko‘tariladi

    12.11.2016, 15:27

    Navoiy 11-noyabr kuni O‘zbekiston viloyat markazlari orasida eng ilig‘i bo‘ldi

    12.11.2016, 14:35

    Xalqaro ekspertlar O‘zbekistonda prezidentlik saylovlari yuksak darajada o‘tkazilishiga ishonch bildirmoqda

    12.11.2016, 11:49

    O‘zbekistonlik talaba va o‘quvchilar uchun besh kunlik chegirma, O‘zbekiston Prezidenti saylovida “oilaviy” ovoz berishga qarshi kurash, “Krasava” va kunning boshq...

    11.11.2016, 19:22

    Hotamjon Ketmonov Jizzaxdagi uchrashuvda bino va inshootlarni nogironlar kirishini hisobga olgan holda xatlovdan o‘tkazishni taklif etdi

    11.11.2016, 15:04

    Xitoy Fanlar akademiyasi professori Yu Lu: O‘zbek yoshlarining ilm sohasidagi yutuqlari haqida hali ko‘p eshitishimga ishonaman

    11.11.2016, 14:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Ukrainaning markaziy hududiga bostirib kirganini da’vo qilmoqda

    Dunyo | 8 iyun, 19:55

    Krishtianu Ronaldu: “Biz xotirjammiz va o‘z kuchimizga ishonamiz”

    Sport | 8 iyun, 19:40

    Isroil 7-oktyabrdagi hujumda ishtirok etgan Falastin jangari guruhi yetakchisini o‘ldirdi

    Dunyo | 8 iyun, 19:30

    Samarqanddagi Tilla Qori madrasasi restavratsiya qilinadi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 19:05

    Xarkovga yirik dron hujumi uyushtirildi (video)

    Dunyo | 8 iyun, 18:30

    Motosikl va skuter o‘rtasida sodir bo‘lgan YTHda 2 haydovchi vafot etdi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 18:05

    Germaniyada ishlashga yuborilgan 14 nafar o‘zbek talabasiga yordam ko‘rsatildi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 17:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.