O‘zbekistonda 13-noyabr, yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 13-noyabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati 0...+5 daraja, Toshkent shahrida +5...+7 daraja, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida +3...+8 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +5...+10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Yakshanba kuni kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +10...+15 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +12...+17 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +13...+18 daraja, Buxoro va Navoiy viloyatlarida +14...+19 daraja, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida +15...+20 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +18...+23 darajagacha iliq bo‘ladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)