Iroq armiyasining aksilterrochilik bo‘linmasi Mosulning sharqiy qismidagi Az-Zahro dahasini IShID guruhi jangarilaridan ozod qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” Naynov provinsiyasi xavfsizlik kuchlariga tayanib.
Avvalroq Al-Malayin, As-Samah, Al-Xadra, Kirkukli, Al-Kuds, Al-Karama va Kokjali dahalari ozod qilingani haqida xabar berilgan edi.
Iroq shimolidagi Mosul shahrini uni 2014-yilda egallab olgan IShID jangarilaridan ozod etish bo‘yicha operatsiya 17-oktabrdan buyon davom etmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)