Yaponiyalik mutaxassislar 10-noyabr, payshanba kuni avariyaviy holatdagi “Fukusima-1” AESning birinchi reaktoridagi himoya gumbazini qismlarga ajratish bo‘yicha ikki yildan buyon davom etayotgan ishlarni to‘liq tugatdi, deb yozadi “TASS”.
Jami 18 ta himoya panellari demontaj qilindi, shularning oltitasi o‘tgan yili olib tashlangan edi. Endi ishchilar avariya natijasida hosil bo‘lgan chiqindilar uyumlari va siniq parchalarini yig‘ishga kirishishi mumkin.
Ushbu operatsiyalar ishlatilib bo‘lingan yadro yoqilg‘isini reaktor ustidagi maxsus basseyndan chiqarib olishga tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi, bu 2020-yilga belgilangan.
Poliefir taxtalardan tashkil topgan 50 metr balandlikdagi himoya qobig‘i “Fukusima-1”ning birinchi rekatori atrofiga 2011-yil oktabrida o‘rnatilgan edi.
Izoh (0)